“AVTOSANOAT INVEST” MChJ ta’sischilar qaroriga muvofiq 2008-yil 23-yanvarda tashkil etilgan. Jamiyatning 100 foiz (yagona) ta’sischisi “O‘zavtosanoat” AJ hisoblanadi. “AVTOSANOAT INVEST” MChJning investitsiyalari hajmi O‘zbekiston hududida joylashgan ta korxona va xorijdagi ta mintaqaviy korxonani qamrab oladi.
Jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri investitsiya faoliyati, shuningdek, aksiyalar paketlari va ustav fondlaridagi ulushlar orqali korxonalarni boshqarishda ishtirok etishdan iborat.
Korxonaning ustuvor rivojlanish yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
Investitsiya faoliyatini amalga oshirish;
Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish maqsadida yangi qo‘shma korxonalarni tashkil etishda ishtirok etish;
Yangi dilerlik korxonalarini tashkil etish orqali savdo tarmog‘ini kengaytirishda ishtirok etish;
Mol-mulkni baholash, sotib olish va sotish, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish hamda joylashtirish bilan bog‘liq konsalting, depozitariy, brokerlik va boshqa xizmatlarni amalga oshiruvchi korxonalarni tashkil etishda ishtirok etish;
Kompaniyaning strategik manfaatlaridan kelib chiqib, boshqa korxonalarga investitsiya kiritish va/yoki manfaatdor korxonalarning (banklar, ishlab chiqarish korxonalari, sug‘urta kompaniyalari, loyiha institutlari, depozitariylar, qurilish kompaniyalari va boshqalar) bloklovchi yoki nazorat qiluvchi aksiyalar paketini yoxud ustav kapitalidagi ulushini sotib olish;
Sof foydaning bir qismini korxonalarni rivojlantirishga yo‘naltirish orqali amaldagi korxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
