ООО «AVTOSANOAT INVEST»

Rasmiy saytiga

xush kelibsiz

     

      ООО «AVTOSANOAT INVEST» — O‘zbekiston Respublikasidagi yirik investitsiya va boshqaruv asosiga qurilgan korxona bo‘lib,

      «O‘zavtosanoat» AJ tarkibiga kiradi.

      Korxonaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • Investitsiyalarni boshqarish

  • Tijoriy maqsadlardagi faoliyat

  • Moliyaviy xizmatlar

Avtosanoat Invest
hamkori bo'lishning

qanday
usullari mavjud?

  • 01
    Sizda qiziqarli biznes g'oya yoki loyiha bormi?
  • 02
    Biz bilan o‘zingizga qulay usulda bog‘laning
  • 03
    Mutaxassislarimiz loyihangizning istiqbollari va moliyaviy xavflarini baholaydilar.
  • 04
    Tasdiqlangandan so'ng, Avtosanoat Invest hamkoriga aylaning

«Yangi O‘zbekiston» taraqqiyot g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlagan holda, «Avtosanoat Invest» MChJ mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, innovatsion rivojlanishni jadallashtirish hamda tadbirkorlik muhitini yanada takomillashtirishga qaratilgan barcha tashabbuslarda faol ishtirok etishga tayyor.

 

Investitsiyaviy g‘oyalar, istiqbolli startap loyihalari bo‘yicha takliflarni qabul qilish va ko‘rib chiqish, biznesning barcha yo‘nalishlari hamda mavjud resurslardan samarali foydalanishga xizmat qiluvchi tashabbuslarni korxonamiz qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, innovatsion yechimlar, zamonaviy texnologiyalar va yangi biznes modellarini joriy etishga qaratilgan hamkorlikka ochiq bo‘lib, manfaatdor investorlar, tadbirkorlar, ilmiy muassasalar va boshqa hamkor tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga intiladi.

 

Korxonamiz iqtisodiy o‘sish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va raqobatbardosh mahsulot hamda xizmatlarni yaratishga xizmat qiladigan barcha istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma’lum qiladi.

Bizning hamkorlarimiz

Mobil avtomobil xizmati «UzAuto Service»

«Avtosanoat Invest» kompaniyasi «UzAuto Motors» rasmiy servis markazlari bilan birgalikda butun respublika bo‘ylab «UzAuto Service» avtoservis xizmatlarini taklif etadi.

Sertifikatlangan xizmat ko’rsatish markazlarining tajribali ustalari dala ta’mirlash ishlarini kechayu kunduz, bayram va dam olish kunlarisiz amalga oshiradilar. Muhim asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarning mavjudligi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarning aksariyatini joyida bartaraf etishga imkon beradi.

24/7 qo’llab-quvvatlash telefoni «UzAuto Service»: 1244

Statistik malumot

>10
loyiha
35
dilerlik markazlari
>2100
ish joylari
>20
hamkorlar

Biz bilan bog'lanish

  • Amir Temur Shox ko’chasi, 13-uy, Mirobod
    tumani, 100000 O'zbekiston
  • +99871 207-34-56
  • info@asinvest.uz