“IST BATTERFLAY” shvetsar-hind-o’zbek qo’shma korxonasi 1991-yilning 21-avgustida tashkil topdi. O’zbekiston tomonidan “Vostok” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, Hindiston tomonidan (ayni damda konsorsium maqomiga ega) “Gangadharam Appliances Ltd.” kompaniyasi uning ta’sischisi bo’ldi. 2005-yilning yanvar oyida kompaniyaning yana bir hamkori – Shvetsariyaning «MillerTradingGmbH» kompaniyasi paydo bo’ldi. Korxona mahsulotlari sirasi yuqori texnologiyali hind, nemis, ingliz ishlab chiqaruvchilari tomonidan taqdim etilgan uskunalar va hind texnologiyalari asosida tayyorlangan oshxona idishlaridan iborat.
Korxona mutaxassislari Hindistonda dunyoning eng yetakchi idish ishlab chiqaruvchilaridan saboq oldilar. “IST BATTERFLAY” QK Markaziy Osiyodagi savdo texnologik uskunalar va zanglamaydigan po’latdan yasalgan ekologik toza idish tayyorlovchi yagona ishlab chiqaruvchi hisoblanadi.

Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumani, Sayram ko’chasi, 17