• 10.12.2024

Sayram Plaza“Avtosanoat Invest” kompaniyasi tashabbusi bilan “Ist Batterflay” MChJ va “Anriona” MChJ hamkorligida bunyod etilayotgan zamonaviy turar-joy majmuasi.

Sayram Plaza — Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida bunyod etilayotgan zamonaviy turar-joy majmuasi. Loyiha qurilishi 2024-yil oxirida boshlangan bo‘lib, majmuani 2027-yilning 2-choragida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Majmua 6 ta turar-joy korpusidan iborat bo‘lib, har biri 12 qavatli zamonaviy binolar tarzida loyihalashtirilgan. Loyihada jami 499 ta xonadon ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular qulay rejalashtirish, sifatli qurilish va zamonaviy hayot talablariga mos yechimlarni o‘zida mujassam etadi.

Sayram Plaza — zamonaviy me’morchilik, qulay joylashuv va yuqori sifatni o’zida mujassam etgan turar-joy majmuasi. Loyiha zamonaviy hayot tarzi uchun zarur bo’lgan qulay infratuzilma, xavfsiz muhit hamda funksional xonadonlarni taklif etadi. Sayram Plaza shahar markaziga yaqin joylashuvi va puxta rejalashtirilgan konsepsiyasi bilan qulay va farovon yashash uchun ideal tanlovdir.